Ikki kundan buyon Rossiya harbiy samolyotlari Suriyada harbiy operatsiyani amalga oşirmoqda. Ularning asosiy bazasi Lataqiya şahri yaqinida joylaşgan. “Rossiya segodnya” axborot agentligi uşbu aviabazadan fotoreportaj tayyorladi.

Rossiya mudofaa vazirligining ma'lum qilişiça, 2 kun içida öndan ortiq nişon yöq qilingan bölib, bular orasida qömondonlik punktlari, omborlar, portlovçi moddalar işlab çiqaruvçi zavodlar va aloqa yönalişlari bor.
Rossiya havo kosmik kuçlarining bu yerdagi guruhi tarkibi 50ta samolyot va vertolyotdan iborat. Şu paytgaça harbiy idora vakillari operatsiyalarda Su-34, Su-24M va Su-25lar iştirok etganini tasdiqladi.

Bundan taşqari, amaliyotlarga kosmik razvedka vositalari hamda dronlar jalb qilingan. Hmaymim aviabazasida muhandislik-aerodrom, aerodrom-texnik va boşqa ta'minot tizimlari joriy qilingan.
Zamonaviy texnika IŞID pozitsiyalari böylab aniq zarbalar beriş imkoniyatini yaratmoqda. “Bizning qurollarimiz eng zamonaviy va aniq. Tinç aholi va fuqarolik infrastrukturasiga ziyon yetkazilmaydi”. – deb işontirdi idora vakili. Yer usti operatsiyalarini Suriya armiyasi amalga oşiradi.

IŞID harbiy infrastrukturasi, Rossiya mudofaa vazirligi qoşidagi jamoat kengaşi a'zosi Igor Korotçenkoning fikriça, 3-6 oy içida butunlay yöq qilinişi mumkin. Tartus va Lataqiyadagi Rossiya qismlarida mavjud bombalar, boşqariluvçi raketalar va yoqilği zaxiralari ğalabani ta'minlab beradi.

IŞIDga qarşi kuraş işini muvofiqlaştiriş uçun Iroq poytaxti Bağdodda maxsus markaz taşkil etildi. Unda Suriya, Rossiya va Eron vakillari işlamoqda.
Rossiya va AQŞ harbiy idoralari aviatsiyaning Suriya osmonida xavfsiz uçişi masalasida muzokaralar yuritmoqda.