Özbekistonda ta'lim kreditlari ommalaşib bormoqda, deb yozadi internet naşrlari. Ta'kidlanişiça, bunday kreditlar oliy ma'lumotli bölişni istagan yoşlarga keng imkoniyatlar oçib bermoqda.
“Har yili talabalarning 30 foizi tanlov asosida bepul öqiş imkoniyatiga ega böladi, - deydi oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi vakili Nilufar Akbarova. – Joriy yilda oliygohlarga qariyb 63 ming talaba qabul qilindi. Ulardan 19 ming nafari davlat grantlarini oldi”.
“Bunday asosda ta'lim olgan talabalar öqişni bitirgaç, öz sohasida uç yil işlab berganidan söng diplomlarini oladi”, - qöşimça qildi mutaxassis.
Davlat grantiga ega bölmagan va öqiş uçun pul tölaş imkoniyati bölmagan talabalarga esa ta'lim kreditlari taqdim qilib kelinmoqda.
“Ta'lim narxi sohalarga boğliq, köproq daromad keltiradigan sohalarda öqiş qimmatroqdir, - dedi Özbekiston Milliy universiteti moliyaviy bölimi xodimi Maksim Tsoy. – Masalan, jamiyatşunoslik yönalişida tahsil olayotgan talabalar 5.8 mln söm, huquqşunoslik sohasi talabalari esa 9.4 mln söm tölaydi”.
Muallif: Maksim Yeniseyev, Central Asia Online






