Bugungi özbek şou-biznesida ma'naviyat masalasi boş mavzuga aylangani sir emas. Zero san'atkor ahli doimiy ravişda xalq e'tibori, diqqat markazida böladi. Köpçilik yoşlar esa kiyiniş, gap-söz va boşqa xatti-harakatlarda san'atkorlarga taqlid qiladi, ulardan örnak olişga intiladi.
Şu sababdan san'at ahlining yoş avlod ongi, dunyoqaraşi va ma'naviyatiga katta ta'siri bor, deb qaraladi.
San'atkorlarning san'at va madaniyat sohasida qabul qilingan tegişli huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarni bajarişi, ularning sahna madaniyati, ma'naviy olami borasida zarur tuşunçalarni beriş maqsadida esa hukumat qarori asosida ma'naviyat darslari taşkil etilgan.
Biroq mazkur qarorning neçoğlik muhim ahamiyatga ega ekanligini yetarliça anglab yetmagan, tegişli taşkilotlar topşiriğiga bepisandlik bilan qaragan ayrim san'atkorlar joriy yilning iyul oyida litsenziyasi töxtatilib, bir qator xonandalarga nisbatan qat'iy ogohlantirişlar berilgan edi.
2015 yilning 14 iyul kuni ma'naviyat tarğiboti borasidagi darslarga qatnaşmaganligi sababli litsenziyasi töxtatilgan xonanda Anvar Sobirov ham şular jumlasidan. U öz vaqtida “aybi”ni tuşunib yetib, tegişli xulosa çiqardi. Şu maqsadda ötgan davr içida köplab katta-kiçik davlat tadbirlarida iştirok etdi. Jumladan, xonandaning ma'lum qilişiça, sönggi bor Namangan viloyati Uçqörğon tumanida bölib ötgan mustaqillik bayramida qatnaşib, muxlislarga öz ijod namunalarini namoyiş qildi.
Oktyabr oyining 4-5 sanalarida esa Samarqand viloyatida bölib, Pastdarğom tumanida paxta terimçilari uçun konsert dasturini namoyiş etadi.
Ma'lumotlarga köra, xonanda “Özbeknavo” estrada birlaşmasiga litsenziyasini qaytarib oliş uçun ariza bilan murojaat qilgan. Oktyabr oyida bölib ötuvçi kengaş yiğilişida uning murojaati körib çiqiladi.
Şu vaqtga qadar xonanda ijodiy izlaniş, mehnat qilişdan töxtab qolgani yöq. Uç-törtta yangi qöşiq va ularga işlangan klip şay holatda turibdi.
Lisenziyasi qaytarib berilişi bilan mazkur taronalar radio va telekanallar orqali efirga uzatiladi.
Anvar Sobirov “Jiyda guli” seriali, “Begona bahor” badiiy filmlari orqali aktyor sifatida ham köpçilik tomoşabinlarning hurmatini qozongan. Mazkur kartinalar rejissyori Ibrohim Rasulov boşçiligida kelgusi 2016 yilda tasvirga olinişi rejalaştirilgan yangi serialda boş rollardan biri yana bir bor Anvar Sobirovga işonib topşirilmoqda. Ayni paytda serialning moliyaviy masalalari hal qilinmoqda.






