Hayotda yaxşi odamlar bilan birga hayvondan ham hayvonroq, vaxşiy odamlar bor ekan. Bunga özim guvoh böldim. 2009 yil 12 iyun kuni qizim Dildora boşiga oğir kulfat tuşdi. Aniqroği, qizim va nevaramdan ayrildim. Kuyovim Doniyor ukasi Bahodir bilan uy-joy talaşib, janjalaşib qolişadi. Orada katta töpolon böladi. Bir muddat ötib, kuyovim yöqligida ukasi Bahodir jaxl ustida qizim va nabiramni miltiqdan otib taşladi. Beçora qizim va hali hayotning nimalini ham anglab ulgurmagan nabiram xazon böldi. Vaxşiy qotil 1 yoşli jiyanini ham ayab ötirmadi, vaxşiylarça tovuqxonaga taşlab ketadi. Beçora nabiramni bir neça marotaba ötkazilgan operatsiyadan söng arang asrab qoldik, ammo u birinçi guruh nogironi. Na yuradi, na gapiradi, bir joyda yotadi. Onasi öldi, otasi undan voz keçdi va men uni qaramoğimga oldim.
Olti yildan beri uni davolaşga harakat qilaman. Çunki meni undan boşqa yaqinim yöq. Şifo istab, Rossiyadagi Polenova nomidagi bolalar neyroxirurgiya institutiga olib bordim. Uni tekşirib körişdi va yoqqa turğiziş imkoni borligini aytişdi. Tuzalişi uçun 20 ming AQŞ dollari ketar ekan. Ammo menda bunça pul yöq va topa olmayman ham. Yoşim 61 da, pensionerman. Nabiramni davolamasam, mendan keyin qanday yaşaydi, şundan xavotirdaman. Közim tirikligida, tuzaliş imkoni bor ekan, uni oyoqqa turgiziş mening eng katta maqsadim. Agar imkoningiz bölsa, yordamingizga muxtoj nabiramizning davolanişiga kömaklaşning. Alloh topganlaringizga baraka bersin!
Kömagingizdan umidvor Piyazova Xusnidaxon opa.
Manzil: Toşkent şahri, Sergeli tumani, “Döstlik-2”-31-28
Telefon: (+998 90) 962-84-30
Nabiramga yordam bering!
19:30 / 03.10.201516 6192 min






