Bugun, 4 oktabr kuni, SSSR jazo maşinasi tomonidan özbek ziyolilarining yoppasiga qatl etilişi va boşqa yöllar bilan yöq qilinişi amalga oşirila boşlanganiga roppa-rosa 77 yil töldi.
4-7 oktabr kunlari Özbekiston tarixining eng fojiali kunlari böldi. Aynan öşa kunlarda SSSR Oliy sudi muvaqqat kollegiyasi qarori bilan özbek madaniyati va siyosatining 507 nafar eng yetuk a'zolariga ölim hukmi öqildi. Hukm favqulodda tezkorlik bilan, 4-16 oktabr kunlari ijro etildi.
Şu kunlarda otib taşlangan közga köringan fan, madaniyat va siyosat arboblaridan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon, Abdurauf Fitrat, Rahim Inoğomov, Usmonxon Eşonxöjayev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboyev, Ğozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Pölat Soliyev, Xudoybergan Devonov va boşqalarni tilga olib ötiş mumkin.






