DW naşrining yozişiça, aksiya 29-oktabr - Siyosiy qatağon qurbonlarini xotirlaş kuni arafasida qator mamlakatlarda taşkil etilgan. Tadbirning rasmiy saytida bu yil aksiya 29-oktabr yoki undan oldin ötkazilgan 101 şahar röyxati keltirilgan.

Germaniyada xotira tadbirlari 15 şaharda bölib ötgan. Ular orasida Berlin, Myunxen, Gamburg, Kyoln, Bonn, Dyusseldorf, Bremen va Bilefeld ham bor.

RFI maʼlumotlariga köra, Parijdagi aksiyani «Memorial Fransiya» uyuşmasi taşkil etgan. Iştirokçilar Menilmontan xiyobonidagi Birinçi jahon uruşida halok bölgan parijliklar yodgorligi oldida töplangan.

Rossiyada esa 2020-yildan buyon «Ismlarni qaytariş» aksiyasini ötkazişga rasmiy ruxsat berilmayapti. Bunga koronavirusga qarşi kuraş çoralari sabab qilib körsatilgan.

RFI taʼkidlaşiça, 2021-yilda xalqaro «Memorial» jamiyati tugatilganidan keyin tarixiy xotirani saqlaşga qaratilgan mustaqil taşabbuslarga bosim kuçaygan. Şunga qaramay, aksiya boşqa mamlakatlarda davom etgan, Rossiyadagi odamlar ham qurbonlarni yodga oliş yöllarini izlaşda davom etmoqda.

The Insider naşriga köra, bu yil Rossiyada «Memorial» taqiqlanganidan keyin ilk bor mustaqil xotira aksiyalari ötkazilgan. Bunday tadbirlar Irkutsk viloyati, Kirov va Velikiy Novgorodda bölib ötgan.

30-oktabr kuni Sankt-Peterburg, Çelyabinsk viloyatining Kopeysk hamda Samara viloyatining Tolyatti şaharlarida ham şunday tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Moskvadagi Lubyanka maydonida joylaşgan Solovetsk toşi yodgorligiga Şvetsiya, Çexiya, Niderlandiya, Polşa va boşqa mamlakatlar diplomatlari kelgan. RusNews naşrining maʼlum qilişiça, bu yil AQŞ elçixonasidan heç kim tadbirda qatnaşmagan.

«Ismlarni qaytariş» aksiyasi xalqaro «Memorial» jamiyati tomonidan ilk bor 2007-yilda taşkil etilgan. Öşa yilning 29-oktabrida Moskvadagi Solovetsk toşi oldida töplanganlar sovet davlati tomonidan qatağon qilingan, jumladan, otib taşlangan odamlarning ismlarini öqib eşittirgan.

Şundan buyon qurbonlarning ismlarini öqiş har yili ham bevosita yiğilişlarda, ham masofaviy tarzda ötkazib kelinadi. Taşkilotçilar tadbirlarni internet orqali ham jonli namoyiş etadi.

Aksiya saytidagi maʼlumotlarga köra, 2025-yilda «Ismlarni qaytariş» tadbirlari dunyoning 150 şahrida bölib ötgan.