Hamon Rossiyada işlaşda davom etayotgan mustaqil ommaviy axborot vositalaridan eng taniqlisi bölgan «Novaya gazeta» naşri ham yopilayotganini eʼlon qildi. Bir kun avval tahririyat Moskva şahri markazidagi Potapovskiy tor köçasidagi ofisdan köçirilişi xabar qilingandi – naşr jurnalistlari sönggi 29 yil mobaynida şu yerda işlab kelayotgandi. Şu munosabat bilan Anna Politkovskaya muzeyi ham yopiladi (muzey u işlagan kabinetda taşkil etilgandi). Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan söng, RF rasmiylari naşr saytini bloklagan va gazetaning guvohnomasini olib qöygandi, 2026-yil sentabr oyida esa «Novaya» «çet el agenti» deb eʼlon qilindi. The Economist maʼlumotlariga köra, 26-oktabr kuni gazeta tahririyati yiğilişi bölib ötgan va unda naşrni yopiş töğrisida qaror qabul qilingan. 30-oktabr kuni ertalab «Novaya» öz faoliyatini töxtatişini rasman maʼlum qildi. Quyida «Novaya gazeta» tahririyatining bayonoti töliq keltiriladi.

Bizni öldirişdi

9-noyabr kuni 30 yil yaşagan uyimizdagi çiroqlarni öçiramiz, serverlarni ham öçirib, çiqib ketamiz. Gazeta endi yöq. Rossiya hukumati va Rossiya maxsus xizmatlari tahririyatni işni töxtatişga majbur qildi.

Mamlakat va uning fuqarolari bilan birgalikda ötgan öttiz yildan ortiq umrimiz biz uçun pulsiz köçada qoliş va doimiy qatağonlar xavfi ostida yakunlanmoqda.

Umrimizning köp yillari baxtli keçdi – ijod va umidlar, öquvçilar, döstlar, matnlar, filmlar bilan. Baʼzan bu yillar juda aççiq ham bölardi.

Şuning uçun aççiqki, banditlik avj olgan 90-yillarda emas, aynan mana şu rejim boşqaruvi davrida siyosiy sabablarga köra, öz kasbiy va fuqarolik burçini bajargani uçun hamkasblarimiz öldirildi: Igor Domnikov, Yuriy Şçekoçixin, Anna Politkovskaya, Stas Markelov, Anastasiya Baburova, Natalya Estemirova.

Köçirib yuboriş töğrisidagi xat bilan bir vaqtda bizga öquvçilarimizdan xayriya oliş imkonini beruvçi donat tizimini ham öçirib qöyişdi. Yaʼni mablağdan mahrum qilişdi. Butunlay.

Bu – muvofiqlaştirilgan aksiya. Banklarning bu işlarni öz içki korporativ qoidalaridan kelib çiqib qilayotgani haqidagi bahonalari heç kimni işontira olmaydi. Bu – davlatning repressiv apparati, har bir taşkilot tomi ostiga joylaşib olgan FSB xodimlari tomonidan örnatilgan taşqi qoidalardir. Ular mamlakatni öz mulki deb hisoblaşadi.

Harbiy harakatlar boşlangaç, boşqa barça jurnalistlar qatori bizni ham hozirgi davrning eng asosiy va fojiali voqealari haqida gapiriş imkoniyatidan mahrum qilişdi. Mamlakatga senzurani qaytargan qonunlar qabul qilindi. Keyinçalik bu senzura inson hayotining deyarli barça sohalarini qamrab oldi.