6 may kuni bölib ötgan oçiq sud majlislarida Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga (Reabilitatsiya uçun asoslar) asosan 8 ta jinoyat işi böyiça 161 nafar şaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmlari çiqarildi. Röyxat Oliy sud veb-saytida keltirildi.
Qayd qilinişiça, bu şaxslar Turkfrontning Farğona qöşinlar guruhi Harbiy kengaşi qoşidagi Farğona maxsus bölimi hamda Örta Osiyo va Qozoğiston birlaşgan davlat siyosiy boşqarmasi qoşidagi Uçlik Kengaşining 1920-1934 yillardagi qarorlariga köra bosmaçilik harakatlariga moddiy yordam berişda, qurolli töda tuzişda, sovet hokimiyatiga qarşi qözğolonlar hamda aksilinqilobiy harakatini amalga oşirganlikda ayblangan. Ulardan 33 nafari otuvga hukm qilingan, qolganlariga 2, 3, 5 va 10 yilga konslagerga jönatiş jazosi tayinlangan. Sudlanganlar orasida ayol kişi va voyaga yetmaganlar ham bor.
«Tarixiy adolatni tiklaş, mustabid tuzum davrida nohaq ayblangan, mol-mulki musodara etilib, özlari quvğinu qatağonga duçor etilgan ajdodlarimiz nomini oqlaş yölida izçil işlar amalga oşirilmoqda. Adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga çiqmay kelgan haqiqat tantana qildi. Yurt mustaqilligi, dini, e’tiqodi, madaniyati va millat ğururi uçun kuraşiş yölida öz jonini fido qilgan qatağon qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yaşaydi», deyiladi Oliy sud xabarida.
Qayd qilinişiça, keng kölamli reabilitatsiya işlari prezidentning «Qatağon qurbonlarining merosini yanada çuqur örganiş va ular xotirasini abadiylaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoyişi asosida olib borilmoqda.
Farmoyiş ijrosini ta’minlaş maqsadida qatağon qurbonlarining merosini yanada çuqur örganiş, ular xotirasini abadiylaştiriş işlarini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş böyiça Respublika işçi guruhi taşkil etilgan.
Işçi guruhning izçil faoliyati, kölamli sa’y-harakati tufayli sönggi yillarda sovet davrida qatağon qilingan 1236 nafar vatandoş reabilitatsiya qilinib, oqlangan.









