Germaniya Bundesligasining 8-turidan örin olgan "Bavariya" hamda "Borussiya" D klublari örtasidagi uçraşuv nihoyasiga yetdi.
Unda 5:1 hisobi qayd etilib, myunxenlilarning ğalabasi bilan yakunlandi.
Tomas Myuller va Robert Levandovskilar ikkita gol urib, dubl qayd etişdi. Yana bir gol Gettse hisobiga yozildi. Dortmundliklar safida yagona javob töpini Obameyang 36-daqiqada kiritdi.
Kutilganidek, "Bavariya" özining azaliy raqibini yengib, oçkolari sonini 24taga yetkazib oldi.
Germaniya çempionati, 8-tur
Bavariya – Borussiya D — 5:1
Gollar: 1:0 – 26 Myuller, 2:0 – 35, penalti Myuller, 2:1 – 36 Obameyang, 3:1 – 46 Levandovski, 4:1 – 58 Levandovski, 5:1 – 66 Gettse.
Bavariya – Noyyer, Lam, Alaba, Boateng, Alkantara (Vidal, 68), Martines, Gettse, Duglas Kosta, Xabi Alonso (Kimmix, 76), Levandovski, Myuller (Koman, 80).
Borussiya D – Byurki, Pişçek, Papastatopulos, Xummels, Kastro (Yanuzay, 53), Bender, Gyundogan, Kagava (Roys, 53), Vaygl, Mxitaryan, Obameyang.
Ogohlantirişlar: Alaba (4), Boateng (78), Obameyang (80), Kimmix (83).
Manba: www.uff.uz






