Köpçilik ota-onalar farzandlari köp vaqtini internet bilan ötkazayotganidan taşvişlanişadi. Ularning fikriça bu holat bolaning soğliğiga zarar, odamlardan ajaratib qöyadigan vosita, yomon öqişiga ta'sir etuvçi illat va real hayotda ojiz qilib qöyadigan baloi azimdek tuyuladi. Aslida ham şundaymi? Bu haqda quyida fikr yuritamiz.

Kunlarning birida ikki ayolning, internet bolalarni buzayotgani va hayotda ularni ojiz qilib qöyayotgani haqidagi suhbatlarini nogohon eşitib qoldim. Suhbat davomida “bizning davrimizda bolalar boşqaça: hamma narsaga qodir, ziyrak, çiqişib ketadigan va savodli edi. Hozirgilarda bu narsalar yöq va barçasiga internet aybdor”, degan gaplar ham aytildi.

Bu hozirgi paytda aytilayotgan yagona fikr emas, köpçilik kattalar internet haqda şunga öxşaş fikr bildirişadi. Yaxşisi, keling, bir eslab köraylik, internetsiz hayotimiz qanday bölgan edi? Men özimning hayotimda uçragan ayrim voqealar haqda sizga gapirib bermoqçiman.

Men kiriş ham çiqiş ham qiyin bölgan yopiq harbiy şaharçada dunyoga keldim. Şu bois bu yerda qarindoşlar yoki yangi kişilar kamdan-kam körinişardi. Men esa barçadan baxtli edim: yozda ota-onam meni bizdan 600 km uzoqlikda yaşovçi buvimnikiga olib borişardi. Bu men yil böyi kutgan sarguzaştlar makoni edi. Boşqa bolalar esa şahar çetida hayot qanday bölişini tasavvur ham qila olişmasdi. Qaçonki men qaytib kelsam, butun mahalla bolalari mening sarguzaştlarim haqida eşitiş uçun yonimga yiğilib kelişardi.

Biz Disneylend haqida eşitgandek, ammo uning nima ekanligi va qayerda joylaşganini bilmas edik. Öşanda bizda uning suratlarini körişga, qayerda joylaşganini aniqlaşga va yoki kimdandir sörab bilişga Google yöq edi. Biz özimiz u haqda bir nimalar öylab topar va buni bir-birimizga gapirib berar edik. Biz uçun Disneylend qolgan barça bilmagan narsalarmiz qatori sirli va afsonaviy joy bölib qolgandi.

Bizda YouTube yöq edi, şu bois multfilmlar, kinolar va körsatuvlarni qayta-qayta köraverardik, bir xil, qöldan-qölga ötib yurgan kitoblarni qayta-qayta öqiyverardik va eşitaverib siyqasi çiqib ketgan voqealarni yana sözlayverardik. 

Dunyoqaraşimiz ançayin çeklanib qolgandi. Biz judayam özşaş, bir xil bolalar edik. Va bu hayotni zerikarli etib körsatardi. Har zamonda bir zamon hovlidagi ğiybatlardan biror-bir yangilik eşitib qolar edik, xolos.

Öz fikrlari, dunyoqaraşlari, didlari bilan boşqalardan ajralib turuvçi insonlar uçun bu qanday ta'sir etardi? Ular şunçaki yakkamaxovlarga aylanişardi. Ular bilan heç kim gaplaşmas, şu bois özlarini qopqonda ötirişgandek his etişar, ayrimlari hatto aqldan ham ozar edilar. Esimda, maktabda xuddi ana şunday “telba” bolalar yöq emasdi.