Sergey Yeseninning tavallud kuniga bağişlanadi

(Sergey Yesenin: Ehtiros va fojianing buyuk taqdirdagi aksi)

3 oktabr kuni buyuk rus şoirining tavalludiga 120 yil töldi. Aynan şu sana munosabati bilan XABARDOR.UZ Yeseninning hayotiga oid bölgan eng qiziq voqea va suratlarni töplab e'tiboringizga havola qilmoqda.

Sergey Yesenin singillari Katya va Şura bilan 

Yeseninning ta'lim oliş davri

Maşhur şoir muallim bölişi mumkin edi: Sergey Yesenin 1909 yilda Konstantin bilim yurtini a'lo baholarga tamomlab, keyin çerkov-muallimlik maktabiga öqişga kirdi, biroq bir yarim yil ta'lim olgaç, u yerni tark etdi, öqituvçilik kasbi uni qiziqtirmas edi. 1913 yilning sentabrida Moskva şahrida Yesenin Şanyavskiy nomidagi xalq universitetida öqiy boşladi. Universitetda bir yarim yil davomida ilm oliş unga yetişmayotgan ta'limni berdi. Natijada şoir mustaqil ravişda şuğullanib, köp öqidi va özining aqliy salohiyati bilan maşhur böldi.

Sergey Yesenin va Anna Izryadnova “I.D.Sitin jamoasi” tipografiyasi işçilari orasida

Moskvalik ilk ilhom fariştasi

Yesenin Moskvaga kelganida ön yetti yoşda edi. Uni yagona maqsadi – Rossiyadagi eng maşhur şoir bölişdan iborat bölgan. Bir yil ötgaç, tipografiyada u bilan işlaydigan Anna Izryadnovani qattiq sevib qoldi.

Anna bilan qurilgan nikoh ilk kunlardanoq unga xato bölib körina boşladi. Öşa paytda uni köproq karera qiziqtirardi. U oilasini taşlab, baxt izlaş maqsadida Petrogradga ketdi. Izryadnova öz xotiralarida uni yodga olib, şunday dedi: “Vafotidan bir oz vaqt oldin uni körgan edim. Xayrlaşiş uçun kelganini aytdi. Nima uçun bunday deyayotganini söraganimda şunday dedi: “Ravona bölyapman, ketyapman, özimni yomon his qilyapman, ölsam kerak”. Öğlimizni asraş va erkalatmaslikni aytdi”.

Sergey va Annaning farzandi Yuriyning taqdiri fojiaviy tarzda yakun topdi: 1937 yilning 13 avgust kuni u Stalinga suiqasd uyuştirişda yordam körsatganligi aybi bilan otib öldirilgan.