Xitoy va Tayvandagi Apple kompaniyasi qurilmalarida YiSpecter deb nomlangan yangi virus paydo böldi, deya xabar bermoqda Cnet.
iOS bazasidagi qurilmalarni zararlovçi yangi virus özboşimçalik bilan reklama e'lonlarini körsatib, mobil ilovalarni örnatadi va işga tuşiradi, ularni mavjudlari bilan almaştirib, reklama roliklarini namoyiş etiş uçun boşqa ilovalardan foydalana oladi.
Şuningdek, virus örnatilgan standart qidiruv tizimini özgartirib, brauzerdagi yangi sahifalarni yopadi va qurilma haqidagi ma'lumotlarni yuklaydi.
Paolo Alto Networks`dagi kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislarining sözlariga köra, QVOD ilovasi qiyofasi ostida yaşiringan YiSpecter virusi juda köp imkoniyatlarga ega.
“Biz öz mijozlarimizga keçayotgan hodisalardan boxabar bölib boriş, faqatgina App Store rasmiy dökonidan kontentlarni köçirib olişni tavsiya qilamiz”, - dedi Apple kompaniyasidagi axborot manbasi.
Ayni paytda zararlangan qurilmalar soni qança ekani noma'lum. Biroq virus 2014 yilning noyabr oyidan buyon mavjud bölib, Osiyo mamlakatlarida keng tarqab ulgurgan.






