Saudiya Arabistoni tergov va prokuratura byurosi Makka şahrida sodir bölgan fojia yuzasidan olib borilayotgan tekşiruvlar doirasida kran qulaşiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 9 nafar muhandis va operatorni söroq qildi.Bu haqda ArabNews naşri xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, suriştiruv jarayonida byuro texnik xizmat körsatiş bilan boğliq barça hujjatlar va şartnomalarni örganib çiqqan. Şu asosda voqeaga aloqadorlikda gumon qilingan barça xodimlar tergov qilinmoqda.
Taftiş işlarini ötkazayotgan komissiyaga, tergovçilardan taşqari, quriliş va texnik xizmat körsatiş sohasi mutaxassislari ham jalb qilingan.






