Oxirgi ikki yil davomida qarama-qarşilik holatida bölib kelgan ikki davlat prezidentlari Barak Obama va Vladimir Putin Suriya masalasida til topişişdi, deb yozadi The New Yorker naşri.
Obama ayni paytda jahon tartibi Suriyada sinovdan ötayotganligini ta'kidladi. Obama ixtilof taraflari bölgan Asad va IŞID birday insoniyatga qarşi jinoyatlarda aybladi. Uning pozitsiyasi aniq: IŞIDni yöq qiliş va Asadni hokimiyatdan ketkaziş.
Ammo Putin boşqaça fikrda. BMTdagi çiqişida u AQŞning boşqa davlatlarda inqiloblar uyuştirişidan nolidi. U buni SSSRning taktikasi bilan qiyosladi.
Ayni kunlarda, ta'kidlanişiça, Putin Rossiyani Yaqin Şarqdagi eng kuçli öyinçilardan biriga aylantiriş borasida harakat qilmoqda, Obama ham unga tösqinlik qilmayapti.
Aytilişiça, agar Rossiya va Eron Asadning ketişini ta'minlasa, Obama bu davlatlar bilan hamkorlik qilişga tayyor böladi.






