Angliya futbolida uzoq yillardan buyon bir qator jamoalarning boş murabbiyi sifatida işlagan Sem Ellardays "Sanderlend"da iş boşlaşi mumkin.

U 4 oktabr kuni "qora muşuklar" boş murabbiyi lavozimini tark etgan Dik Advokatning örnini egallaşi kutilmoqda. Bu haqda The Sundy Times xabar bergan.

60 yoşli futbolçi "Sanderlend" jamoasidan mavsum boşlanişidan oldin ham taklif olgan va bu taklifni rad etgandi.
Xabarda aytilişiça, "Sanderlend" mutasaddilari Ellardays bilan özaro muzokaralarni davom ettirgan va ijobiy natijalarga erişgan.

Tomonlar bir töxtamga kelişgani va murabbiy jamoani boşqarişga rozi ekanligini ma'lum qilgani aytilgan.

Ma'lumot uçun, Ellardays bundan oldin "Blekpul", "Notts Kaunti", "Nyukasl", "Blekbern", "Bolton" (8 mavsum davomida) işlagan. 2011-2015 yillarda esa "Vest Xem"ni boşqargan.

Eslatib ötamiz, Dik Advokat "Vest Xem" bilan durangdan keyin "Sanderlend" boş murabbiyligidan ketdi.

Ayni damda "Sanderlend" Angliya Premer-Ligasining ortda qolgan 8-turidan söng oxirgi örinda turibdi. Klub hisobida atigi 3 oçko bor xolos.