Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan tayyorlangan ölim sifati reytingida 80 ta mamlakat iştirok etdi. Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya özgarmas yetakçilar sifatida qayd etildi, Xitoy esa röyxatning sönggi örinlaridan joy egalladi. 

Ölim sifati indeksi yoşi katta va oğir kasallikka çalingan odamlarga umrlarining söngida ğamxörlik qiliş darajasi va sifatini ölçaydi. Mazkur loyiha taşabbuskori bölgan The Lien Foundation taşkiloti vakillarining sözlariga qaraganda, hozirgi kunga qadar jahon mamlakatlari orasida qari va ölim ostonasidagi insonlar uçun qulay şaroitga ega, namunali deya körsatiş mumkin bölganlari mavjud emas.

Ölim sifati EIU tomonidan “umrning sönggiga qadar yaxşi hayot keçiriş” uçun şaroitlar mavjudligi deya tuşuniladi: köp hollarda bu körsatkiç palliativ tibbiyotning rivojlanganligi bilan boğliq. Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan berilgan ta'rifga köra, palliativ yordam hayot sifatini yaxşilaş, kasalliklarni oldindan aniqlaş va ölim taşxisi qöyilgan bemorlarning fiziologik va psixologik jihatdan aziyat çekişlarining oldini oliş bilan boğliq.

Indeksni hisoblaşda beşta kategoriyaga tegişli 20 ta körsatkiç körib çiqilgan va ularga turli miqdor belgilangan: palliativ tibbiyot va salomatlik (20 foiz), odam resurslari (20 foiz), yordam oliş imkoniyati (20 foiz), yordam sifati (30 foiz) va jamiyatning jalb etilganligi, şuningdek köngillilar va oilalar (10 foiz).

Yevropa va Osiyo

Reyting yetakçisi Buyuk Britaniyada ölim sifati indeksi 93,9 ga teng. Mos ravişda ikkinçi va uçinçi örinlarni egallagan Avstraliya va Yangi Zelandiyada esa bu körsatkiç 91,6 va 87,6 ni taşkil etadi. Reytingning keyingi örinlarini Irlandiya (85,8) va Belgiya (84,5) egalladi. Reytingning katta qismi badavlat Yevropa mamlakatlari tomonidan taqdim etilgan, birinçi öntalikda Tayvan (oltinçi örin), AQŞ (töqqizinçi örin) ham bor. Kanada esa 11-öringa mos deb topilgan.

Mualliflar indeksni hisoblaş uslubi 2010 yildagiga qaraganda özgarganligi, ikki tadqiqotni butkul taqqoslaş mumkin emasligini qayd etişlariga qaramay, yetakçilar uçligi saqlanib qolgan.

Törtta Osiyo mamlakatlari top-20 dan joy egallagan: Tayvanni hisobga olmaganda, bular Singapur (12-örin), Yaponiya (14) va Janubiy Koreya (18). Mualliflarning fikriga köra, bu mamlakatlar uçun muammoni hal etişda hukumatning jalb etilganligi muhim ahamiyatga ega bölgan. Masalan, Yaponiyada saraton bilan kasallanişni nazoratga oliş böyiça yangi dastur işga tuşirilgan. Unga köra, kasallikning dastlabki bosqiçlarida palliativ yordamga katta e'tibor qaratiladi şuningdek palliativ tibbiyot markazlari milliy byudjyetga kiritilgan. Singapur ham palliativ yordam körsatiş milliy strategiyasini işlab çiqdi.