Texnologik yangi işlanmalar prezentatsiyasi jarayonida Microsoft kompaniyasi özining ilk noutbugi — Surface Book`ni namoyiş qildi.

Işlab çiqaruvçilarning işonç bildirişiça, yangi noutbuk Apple`ning MacBook Prösiga qaraganda ikki barobar tezroq işlaydi. Surface Book hajmi 3000x2000 piksel, ziçligi 267 ppi bölgan 13,5 dyumli (1 dyum – 2,54 sm) sensorli ekran bilan ta'minlangan. Displeyga Corning Gorilla Glass 4 himoya oynasi ham örnatilgan. Yoziş uçun esa Surface Pen stilusi (metal yoki plastik ruçka)dan foydalaniş mumkin. Şuningdek, noutbuk yangilangan Intel protsessorlari va NVIDIA GeForce videokartasi bilan ta'minlangan.

Kompaniya yangi mahsulotini noutbuk deya namoyiş etganiga qaramasdan, undan planşet örnida foydalansa ham böladi: uning klaviaturalari alohida olinadi. Işlab çiqaruvçilar noutbuklar 12 soatgaça quvvat qilinmasdan işlaşi mumkinligini aytişdi.

Noutbuklarga oldindan buyurtma beriş 7 oktabrdan boşlanib, uning boşlağiç bahosi 1499 dollarni taşkil etadi.

Microsoft prezentatsiya jarayonida Lumia 950 smartfonining yangilangan namunasi — Lumia 950 XL`ni ham namoyiş etdi.