IŞID guruhi özining Afğoniston hududidagi faolligini oşirmoqda. Jangarilarning salmoqli guruhi mamlakat şarqida örnaşib oldi. Bu haqda amerikalik generalga iqtibos keltirlgan holda The Washington Post naşri yozmoqda.

General Jon Kempbelning sözlariga qaraganda, jangarilarning eng katta qismi Pokiston çegarasidagi Nangarhar viloyatida joylaşib olgan. Radikallar jamoasi “Tahriki Tolibon Pokiston” a'zolarini öz saflariga jalb qiliş hisobiga ösmoqda.

“IŞIDning köp tarafdorlari zotan Toliblardir. Balki IŞIDga qöşiliş köproq resursga ega böliş vositasidir. Şunday qilib, Toliblar futbolkalarini almaştirib, boşqa bayroq kötardilar”, - ta'kidladi zobit.