FIFAning Odob-axloq böyiça qömitasi taşkilot prezidenti Yozef Blatterni 90 kunga öz vazifalarini bajarişdan soqit qildi.

"Blatter 90 kunga çetlaştirildi. Hozirça biladiganim şu", deya Guardian naşriga ma'lumot bergan FIFA rahbari maslahatçisi Klaus Ştelker.

Eslatib ötamiz, Şveytsariya hukumati 24 sentabr kuni FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy iş qözğatgandi.

Şuningdek, Blatter yaqin vaqt içida öz xohişi bilan işdan ketmasa, majburan ketkazilişi aytilgandi.

FIFA rahbari UYeFA prezidenti Mişel Platiniga noqonuniy tarzda 2 mln şveysar franki ötkazib berganlikda gumon qilinmoqda.

Ma'lumot uçun, Blatter 1998 yildan buyon FIFAga rahbarlik qilib keladi. U 2015 yilning 29 may kunida beşinçi marta prezidentlikka saylangan, lekin köp ötmasdan taşkilotdagi mojarolar tufayli öz lavozimini muddatidan avval tark etişini e'lon qilgandi.