Özbekistonlik ekspert, “Siyosat” axborot-tahlil markazi direktori Şuhrat Oripov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Özbekistonga rasmiy taşrifi munosabati bilan özbek-turkman munosabatlari böyiça fikr bildirib, 2007 yilda imzolangan Döstona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş töğrisidagi davlatlararo şartnoma ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi döstona va samarali muloqotlari, xalqlar örtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning doimiy tus olişini ta'minlayotganligini ta'kidladi.
- Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida manfaatlar va mafkuralar kuraşi tobora avj olib bormoqda, - dedi Ş.Oripov. - Şunday murakkab vaziyatda mintaqa davlatlarining bir-biri bilan özaro tuşuniş, işonç va yaxşi qöşniçilik asosida yaqin hamkorlik qilişi millatidan, dinidan, fuqaroligidan qati nazar mintaqa xalqlarining umumiy manfaatlariga töla mos keladigan siyosatdir. Aynan şu ma'noda Özbekiston-Turkmaniston munosabatlarida kuzatilayotgan konstruktiv muloqot va özaro anglaşuv muhiti alohida e'tirofga loyiqdir. Çunki, Özbekiston va Turkmaniston munosabatlari Markaziy Osiyo xavfsizligi tizimining uzviy böğini, ta'bir joiz bölsa, hal qiluvçi omillaridan biri hisoblanadi.
Ekspertning ta'kidlaşiça, mintaqaviy va global xususiyatga ega bölgan qator masalalarda Özbekiston va Turkmanistonning nuqtai nazarlari, yondoşuvlari mos yoki öxşaş. Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlaş va mustahkamlaş, xususan, Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça ham ikki davlat örtasida umumiy yondoşuv mavjud. Har ikki mamlakat afğon diyorida muhim infratuzilma obektlarini qayta tiklaşga qaratilgan qator loyihalar amalga oşirilişini qöllab-quvvatlab kelmoqda. Ikki davlat Markaziy Osiyoda transçegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalaniş masalasida ham yagona yondoşuvga ega.
Özbekiston va Turkmanistonning milliy manfaatlarga asoslanib yuritayotgan taşqi siyosatida ham muştarak jihatlar talaygina. 2012 yilda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining taşqi siyosiy faoliyati konsepsiyasida mamlakatning turli harbiy-siyosiy blok va alyanslardan uzoq bölişi; öz hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari joylaştirilişiga yöl qöymasligi; mafkuraviy tamoyillar sababli röy berayotgan turli töqnaşuvlarda, qöşni davlatlar va hududlar bilan çegaralardagi qurolli mojarolar va keskinlik öçoqlarida iştirok etmasligi haqidagi prinsiplar belgilab qöyilgan.
Bu yil BMT Boş assambleyasi tomonidan qabul qilingan maxsus Rezolyutsiyaga muvofiq, Turkmaniston doimiy betarafligi huquqiy maqomi xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinganligiga 20 yil töladi. Betaraf davlat maqomiga ega bölgan Turkmaniston siyosiy, iqtisodiy, harbiy ittifoq va bloklarga kirmaslik, ommaviy qirğin qurolidan voz keçiş kabi majburiyatlarni olgan edi. Xalqaro harbiy va harbiy-siyosiy guruhlar hamda bloklarda iştirok etişdan töliq voz keçiş Turkmanistonga mintaqa va dunyoda qarama-qarşilikning biror-bir şakllariga jalb etilmaslik va bunda öz xavfsizligi kafolatlarini saqlab qoliş imkonini berdi.






