6 oktabrda Nyu-Yorkda Microsoft kompaniyasining yangi mahsulotlari taqdimoti bölib ötdi. Kompaniya Windows 10 da işlovçi Lumia 950 va 950 XL smartfonlari, Surface Pro 4 palnşeti va barça uçun kutilmagan bölgan Surface Book noutbukini taqdim etdi.

Lumia 950 va 950XL

Taqdim etilgan uşbu ikkita yangilik Windows 10 tizimida işlaydi. Uşbu operatsion tizimda yaxşi işlaşi uçun smartfonlarda sakkiz yadroli protsessor örnatilgan. Buning ustida unda sovutiş qurilmasi ham mavjud. Yangi Lumia USB Type-C bilan ta'minlangan bölib, uning yordamida smartfonni monitorga ulab, undan personal kompyuyetr sifatida foydalansa böladi. Klaviatura va siçqonça ham USB-uzaytmasi yordamida telefonga ulanadi. U yerda Flash-karta ham urnatsa böladi. Telefon uni ham tasdiqlaydi. Şundan keyin ham smartfondan odatiy ravişda foydalansa böladi, ya'ni undan qönğiroq qiliş, sms-xabarnoma yoziş va boşqa işlar qiliş mumkin böladi.

Smartfonda kompaniya vakillari e'tirofiça jahondagi eng kuçli ikkita antenna örnatilgan.

OLED ekranli displeyning dioganali — 950 va 950 XLga mos ravişda 5,2 va 5,7 dyuymni taşkil etadi. Piksel ziçligi — 564 ga 518 dyuym.

Smartfonga RGB çiroq diodli yoritkiç va 20-megapikselli kamera örnatilgan. RGB çiroq diodli yoritkiç yordamida yoruğlik yetarli bölmagan joylarda ham suratga oliş imkoniyati mavjud. Video yoziş va 4K ni qöllab-quvvatlaydi.

Yarim soatda smartfonni yarimigaça quvvatlantiriş mumkin. 

Smartfonlar noyabr oyidan sotuvga çiqadi. Lumia 950 549 dollar Lumia 950XL esa 649 dollardan sotiladi.

Surface Pro 4 planşeti

Planşet ham Lumia smartfonlariga öxşab Windows 10 da işlaydi.

Ekran biroz kattardi, endi uning diagonali 12,3 dyuymni taşkil etdi. Ammo qurilmaning hajmi özgarmadi. Çunki displey atrofidagi ramkalar ingiçkalaşdi. Piksel ziçligi — 267 dyuym. Displey 0,4-millimetrli Gorilla Glass şişasi bilan qoplangan.