Avval xabar qilinganidek, Özbekistonlik imomlar delegatsiyasining Rossiyaga safari davom etmoqda, deb xabar berdi Muxlis.uz portali. Oltinçi oktabr sanasida imom-xatiblar ikki guruhga bölinib, tadbirlarda iştirok etişdi. Ibrohim Inomov va Jasur Raupovdan iborat imom-xatiblar guruhi Sverdlovsk viloyati Kamyşov şahar xokimiyatida “Islom terorizmga karşi” va “IŞID fitnalari” mavzularida ma'ruza qilgan bölsa, imom-xatiblar Odilxon Ismoilov va Baxrom Atajanov örin olgan ikkinçi guruh esa Sverdlovsk viloyati, Pyşma tumanida joylaşgan Ramazon masjidida masjid xodimlari va bir guruh vatandoşlarimiz bilan “Islom IŞIDga qarşi”, “Millatlar va dinlararo hamdöstlik”, “Vatan qadri” singari dolzarb mavzularda ma'ruzalar qildi. Qizğin savol-javoblar bilan ötgan muloqot qatnaşçilarda katta taassurot uyğotdi. Ana şunday muhim va kerakli muloqotdagi faol iştirok uçun imom-xatiblarimizga masjid ma'muriyati alohida minatdorlik bildirdi.