Texasda istiqomat qiluvçi 12 yoşli qizaloq 3 hafta davomida daqiqasiga örtaça 20 martadan aksa urdi. Bu haqda AVS NEWS xabar bergan.
Qayd etilişiça, u kuniga 12 ming martadan aksirgan. Şifokorlar esa buning sababini aniq ayta olişmayapti. Taxminlarga köra, bu tik xastaligi (tana a'zolarining pir-pir uçişi) alomati bölişi mumkin.
"Men klarnet çalişdan saboq oliş uçun darsga borgan kunim aksiradigan bölib qoldim. Avvaliga oz-ozdan aksirdim, şu kuni tunda esa 30 martaça aksa urdim", deydi 12 yoşli Keytlin Tornli.
Uning ota-onasi qizçaning endilikda maktabga bora olmayotgani va boşqalar kabi tinç ovqatlana olmayotgani haqida aytişgan.






