Donbassdagi kesişiş nuqtasidan qurollarni uzoqlaştiriş jarayoni davom etmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyatining harbiy operatsiya masalalari böyiça spikeri Andrey Lisenko ma'lumot berdi.
“Keçagi voqea provokatsiya sifatida baholandi, u ommaviy hujum xarakterida emas edi, bu qisqa öqqa tutiş böldi. Minsk kelişuvlarini bajariş töğrisida qaror qabul qilinmadi. Voqea suriştiriladi”, - uning sözlarini keltiradi TASS agentligi.






