Özbek estradasi vakillaridan biri Uluğbek Rahmatullayev özining “Instagram” ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida muxlislarini 2015 yil 5-8 noyabr kunlari bölib ötadigan konsert dasturi uçun soxta çipta va taklifnomalar sotuvga çiqqanidan ogohlantirdi.

“Qadrli muxlislar, qalbaki bilet va taklifnomalardan ehtiyot böling. Qalbaki taklifnomalarni sotişayotgan ekan, aldanib qolmanglar”, - deb yozdi xonanda. Uning aytişiça, haqiqiy çipta va taklifnomalarda maxsus “galagramma” bölib, u orqali soxtalaridan ajratib olsa böladi.

“Aldanganlar orasida ota-onangiz yoki opa-singlingiz bölişi mumkin”, - deya estrada vakili öz sahifasida qalbaki çiptaning rasmini e'lon qildi.