AQŞ ma'muriyati va köplab ekspertlar prezident Barak Obama Suriya masalasida jiddiy çoralar körmayotganidan xavotirda. Harakatsizlik siyosati tufayli mintaqada natijaga erişilmadi, mamlakatning imijiga ham salbiy ta'sir böldi, deb yozadi The Wall Street Journal naşri.

Ta'kidlanişiça, AQŞ strategiyasi IŞIDga zarbalar beriş hamda furoqalik uruşini tugatiş böyiça muzokaralar ötkazişdan iborat edi. Ammo ma'muriyat bu sohalardan birortasida ham natijaga erişa olmadi.

Şu bilan birga, amerikalik ekspertlar Rossiyaning harakatlarini taktik ğalaba, ammo strategik xato deb baholamoqda. Ular harbiy kampaniya Putinning obröiga salbiy ta'sir qilişi mumkinligini aytmoqdalar.