Qatar poytaxti Doha şahrida boks böyiça ötkazilayotgan jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi a'zolari zafarli odimlaşda davom etişmoqda.
Bugungi bahslarda özbekistonlik tajribali boksçi Murodjon Axmadaliyev öz vazn toifasida (56 kg vazn) birinçi raqam ostida saralangan qozoğistonlik Kayrat Yeraliyevni 3:0 hisobida mağlub etib, muxlisu-mutaxassislar olqişiga sazovor böldi.
Şu tariqa, Murodjon jahon çempionatidagi özining ikkinçi jangida ham işonçli ğalabani qölga kiritib, sovrinli örinlar uçun harakatini davom ettirmoqda.
Endi Murodjon Axmadaliyev 10 oktabr kuni ötkaziladigan çorak final bahsida tailandlik Çatçay Butdega qarşi ringga kötariladi.
Eslatib ötamiz, uşbu vazn toifasida 1-3 örin egalari 2016 yili Rio-de-Janeyro şahri (Braziliya)da ötkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada öyinlarining yöllanmasini ham qölga kiritadi.
Bugungi bahslarda özbekistonlik yana bir boksçi Rustam Tölaganov (-91 kg) Yangi Zelandiya vakili bilan çorak final yöllanmasi uçun ringga çiqadi.






