Germaniya eksporti avgustda iyulga nisbatan 5,2 foizga tuşib ketgan va bu 2009 yildan beri eng yomon körsatkiç hisoblanadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. Mamlakat importi hajmi 3,1 foizga qisqargan. Taşqi savdo profitsiti 15,3 mlrd yevrogaça tuşib ketgan (iyulda bu körsatkiç 25 mlrd yevroni taşkil qilgan).
Mamlakat statistik xizmati keskin pasayişning sabablarini keltirmayapti. Şu bilan bir vaqtda bu ma'lumotlar Yevrohududdagi iqtisodiy vaziyat yomonlaşayotganining alomatlaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq yetakçi nemis tadqiqot institutlari 2015 yilda iqtisodiy ösiş prognozini 2,1 dan 1,8 foizga tuşirgan edilar. Fransiyada tadbirkorlar kayfiyati indeksi 98 dan 97 gaça tuşib ketgan. Şu bilan birga Fransiya yalpi içki mahsuloti ösişi 2-çorakda nolga teng böldi.
Biroq Yevrohududda investitsiyalarning sekin-asta ösişi ijobiy belgi bölib qolmoqda. Uning evaziga 4-çorakda YaIMning ösişi umumiy körsatkiçi 0,5 foizga erişadi (3-çorakda 0,4 foiz).
Agentlikning ta'kidlaşiça, Yevropa markaziy bankining iqtisodiyotni rağbatlantirişga qaratilgan qöşimça qadamlari, ayniqsa yevroni kuçsizlantirişga erişilsa, ösişning tezlaşişiga olib kelişi mumkin. Bu nemis iqtisodiyotini köproq raqobatbardoş qiladi.






