Milliardlab yillar muqaddam Marsda uzoq muddat davomida suv bilan tölgan köllar mavjud bölgan. Olimlar Curiosity marsoxodi va boşqa manbalardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilib şunday xulosaga kelişdi, deya xabar bermoqda NASA.
Kuzatuvlar natijasi 3,8 va 3,3 mlrd yillar muqaddam uzoq davr mobaynida suv oqimlari va köllar bölgan, degan xulosa çiqarişga imkon tuğdirdi. Jumladan, Şarp toğlarida saqlanib qolgan çökindi qatlamlar qoldiqlari bunga guvohlik bermoqda. Tahlillar şuni körsatdiki, çökindi qatlamlarining şakllanişi yarim milliard yillar davomida sodir bölgan
“Şubhasiz, milliard yillar avval Mars hozirgiga qaraganda Yerga köp jihatdan öxşaş bölgan. Bizning vazifamiz yumşoqroq iqlim qay tarzda yuzaga kelgani va namlik bilan boğliq qanday hodisa röy berganini aniqlaştirişdan iborat”, - dedi NASAning Mars Exploration dasturi yetakçi olimi Maykl Meyyer matbuot anjumanida.
28 sentabr kuni NASA Mars sathida suyuq holatdagi suv mavjudligi aniqlanganini ma'lum qilgan edi.






