Qatar poytaxti Doha şahrida boks böyiça kattalar örtasida ötkazilayotgan jahon çempionatida 8 oktabr kuni ringga kötarilgan özbekistonlik 5 nafar boksçidan tört nafari navbatdagi ğalabalarni qölga kiritib, çorak final yöllanmasiga ega bölişdi.
Dastlab Murodjon Axmadaliyev (-56 kg) uşbu vazn toifasida birinçi raqamda saralangan qozoğistonlik Qayrat Yeraliyevni 3:0 hisobida mağlub etdi.
Şundan keyin, Fazliddin Ğoipnazarov (-64 kg) mezbonlar vakilini birinçi raunddayoq nokautga uçratdi. Bektemir Meliqöziyev fransiyalik Kristian Assomodan 2:1 hisobida ustun keldi. Yuqori vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Rustam Tölaganov ham Yangi Zelandiya vakili Devid Niik ustidan 3:0 hisobida işonçli ğalabani qölga kiritdi.
Keça bölib ötgan bahslarda faqatgina Hasanboy Döstmatov ozarbayjonlik Rufat Xuseynovga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Şu tariqa, jahon çempionatiga yöl olgan 9 nafar çarm qölqop ustalarimizdan 4 nafari çorak finalga çiqişdi. Bugun yana 4 nafar boksçimiz çorak final yöllanmasi uçun ringga kötariladi.
Xususan, Şaxobiddin Zoirov (-52 kg) xitoylik Xu bilan, Elnur Abduraimov (-60 kg) Yangi Zelandiya vakili Çad Milnes bilan, Elşod Rasulov (-81 kg) turkiyalik Karlidağ bilan, Bahodir Jalolov (+91 kg) esa Liniyer Pero (Kuba) bilan bahs yuritadi.






