Ozarbayjonning "Revan" jamoasi özbekistonlik yoş futbolçi Alibobo Rahmatullayev bilan biroz oldinroq tuzgan şartnomasini bekor qildi. Bunga sabab sifatida futbolçining öyini jamoani qoniqtirmagani aytilgan.

Ötgan oyda uşbu futbolçi "Navbahor" jamoasi safidan "Revan"ga borib qöşilgani va ozarlar jamoasi bilan 1,5 yillik şartnoma imzolangani xabar qilingandi.

Biroz oldinroq, u Özbekistondagi naşrlardan biriga bergan intervyusida yangi jamoasidagi şaroitlardan köngli tölgani, "qaçondir xorijda töp surişimga işongani" haqida aytib ötgandi.

Ma'lumot uçun, "Ravan" jamoasi ötgan mavsum yakuniga köra mamlakat premer-ligasiga beriladigan yöllanmaga ega bölgandi. 2007 yilda taşkil topgan uşbu jamoa 2011 yilga kelib Ozarbayjon premer-ligasida qatnaşiş huquqini qölga kiritgandi. "Arslonlar" 2013-2014 mavsumda Ozarbayjon kubogi yarim finaliga qadar yetib borişgandi. Bu klub tarixidagi eng katta yutuği hisoblanadi. Ammo, şu mavsumning özida quyi divizonga tuşib ketgandi.