Coca-Cola kompaniyasi britan olimlari tomonidan ötkazilayotgan semizlik va şirin gazli içimliklar iste'mol qiliş örtasida boğliqlik mavjud emasligini isbotlaşga qaratilgan tadqiqot işlariga million funt sarfladi, deya xabar berdi The Times.

Naşrning tasdiqlaşiça, konsern nafaqat öndan ziyod ilmiy tadqiqotlarni moliyalaştirgan, balki soğliqni saqlaşga mas'ul hukumat vakillarini ham sotib olgan. Şu bois ular öz çiqişlarida Coca-Cola içimligi ortiqça vaznga sabab bölişi töğrisidagi ma'lumotlarga şubha közi bilan qaraşgan.

Ayni paytda, köplab ekspert-parhezşunoslar şakarning me'yoridan ortiqça iste'mol qilinişi semizlikka olib keladi, degan xulosaga kelişgan. Birgina Britaniyada har yili 50 ming kişi ortiqça vazn tufayli hayotdan köz yumadi. Me'yoridan ortiqça şakar iste'mol qiliş keltirib çiqargan kasalliklarni davolaş esa davlatga 5 mlrd funtga tuşadi. Parhezşunoslar, şuningdek, notöğri ovqatlaniş organizmga alkogol va sigaretdan köra köproq ziyon keltiradi, degan fikrni ilgari surmoqda.

“Coca-Cola kompaniyasi nafaqat jamoatçilik fikri, balki siyosiy qarorlarni ham manipulyatsiya qilmoqçi. Ularning bu harakati ilmiy tadqiqotlarga ta'sir körsatişga intiladigan alkogol va tamaki mahsulotlari işlab çiqaradigan kompaniyalar tutadigan yölni eslatadi. Bu yerda manfaatlar töqnaşuvi sodir bölmoqda”, - dedi

Faculty of Public Health taşkiloti a'zosi Saymon Kepvell.
Kontsern vakilining The Times naşriga ma'lum qilişiça, kompaniya faqatgina mustaqil olimlardan içimliklar tarkibiy qismlari borasida ilmiy izlanişlar olib borişni buyurtma qiladi.