Moskva şahrida Ravon nomli yangi avtomobil brendining taqdimoti bölib ötdi. Bu marka ostida GM Uzbekistan zavodining Daewoo Matiz, Gentra, Chevrolet Spark, Cobalt va Aveoning keyingi avlodlari modellarini sotiş rejalaştirilmoqda.
Daewoo avtomobil markasi Rossiyadagina saqlanib qolgan bölib, mazkur bozorda öz maşhurligini tezlik bilan yöqotib bormoqda. Sentyabr oyida 1 746 ta avtomobil sotilgan, bu esa ötgan yilgi körsatikiçdan 26 foizga kam. Savdolarning tuşişi yil boşidan beri 51 foizga yetdi.


Kasodga uçragan koreys avtomobil işlab çiqaruvçisining egasiga aylangan General Motors bu brendan voz keçganiga köp böldi. Daewooning eski modellarini işlab çiqaruvçi Asaka zavodiga kelsak, maxsus bitimga muvofiq bu markadan foydalanişi lozim. Brendga bölgan egalik huquqi 2006 yildan beri Daewoo Internationalga tegişli bölib, u maşinalarni Saudiya Arabistonida ham çiqariş istagini bildirgan. Nomning özgarişi ixtiyoriy ravişda sodir bölayotgani yöq, eski brendni saqlab qolişga bölgan intiliş esa işlab çiqaruvçi uçun ma'nisiz: Rossiya lineykalarida Daewooning hozirgi modellaridan mikrolitrajli Matizgina saqlanib qolgan, bir muddat oldin maşhur bölgan Matiz esa Rossiyaga endilikda yetkazib berilmayapti.


Asakadagi zavod General Motors qöşma korxonasi doirasida asosan Chevrolet avtomobillarini çiqaradi. Içki bozorda GM Uzbekistanning eski modellari ham, yangilari ham Chevrolet markasi ostida sotilmoqda. Rossiya uçun bu variant töğri kelmaydi, çunki Amerika kompaniyasi bir oz muddat oldin byudjyet segmentini tark etiş istagini bildirgan edi.
Rossiya bozori uçun yangi brend öylab topişga töğri keldi. Özbek tilidagi “ravon sözi” “oq yöl” ma'nosini anglatadi. Bundan taşqari, kompaniya vakillari RAVON qisqartmasiga Reliable Active Vehicle On Road sifatida ta'rif bermoqdalar, bu esa “har qanday yöl şaroiti uçun işonçli va dinamikaga ega avtomobil” deya tarjima qilinişi lozim.

























