Assalomu alaykum, aziz vatandoş. Balki siz uşbu saytning doimiy muxlisidirsiz, balki ilk marta bu saytga kirgandirsiz. Ammo nima bölganda ham mana şu saytni öqib turganingiz bilan, dunyodagi baxtli insonlar qatorida ekanligingiz bilan sizni muborakbod etaman. Çunki siz Yaratgan ato etgan köriş, fikr yuritiş qobiliyatiga egasiz, dunyodagi 781 milliondan ortiq öqiş-yozişni bilmaydiganlar orasida emassiz. Mana şuning özi bir baxt emasmi?
Ehtimol hozirgina nonuşta qilib, söngra saytga kirgandirsiz, balki tuşlik qilib bölgandirsiz, ehtimol keçki ovqatni tanovul qilarsiz. Siz baxtlisiz. Çunki ayni kunda dunyo böyiça oçlik azobiga duçor bölganlar soni 805 million nafar kişini taşkil etadi.
Saytni işdan kelib, uyingizda yonboşlab olib köryapsizmi? Yoki ertalab turib yangiliklarni öqib ötiribsizmi? Nima bölmasin, siz baribir uyingizdasiz. Köçada, işda, safarda bölsangiz, uyingizga oşiqasiz. Siz baxtlisiz, çunki bugungi kunda dunyodagi 100 million kişi boşpanasiz, yaşaşga uyi yöq.
Balki siz hali oila qurmagandirsiz, balki yaqinda turmuş qurgandirsiz, balki qator farzandlarning ota-onasi yoki nabiralarning bobo-buvisidirsiz. Ha, ukaginam, “yaqinda farzandli böldim” deysizmi. Öğilmi-qizmi? Umri bilan bergan bölsin. Tuğilganligi haqida guvohnoma oldingizmi? Farzandingiz ham siz kabi baxtli. Zero bugungi kunda dunyo böyiça har yili 48 million çaqaloqqa tuğilganligi haqida guvohnoma berilmaydi.
Labbay, singlim? “Qizim bu yil maktabga bordi” deysizmi? Siz-çi, aka? Öğlingiz institutga öqişga kirdimi? Tabriklayman. Farzandingizning maktabga borişi, maktabda ta'lim olişining özi bir baxt. Çunki dunyo böyiça 58 milliondan ortiq maktab yoşidagi bolalar ta'lim oliş imkoniyatiga ega emaslar.
Ölkamizda kuz fasli bölsa ham havo issiq. Balki çanqayotgandirsiz. Tomoğingizni höllab olaqoling. Bir piyola çoy içing yoki qaynatib sovitilgan suvdan höplang. Siz baxtlisiz. Ayni paytda dunyoda 884 million nafar inson toza suv tanqisligidan aziyat çekmoqda.
Oqşom tuşgani uçun çiroqni yoqdingizmi? Yoki tong otgani uçun öçirdingizmi? Ehtimol televizorda serial boşlanişini kutib ötirgandirsiz? Siz baxtlisiz. Çunki dunyo böyiça 1,3 milliard kişi elektr energiyasidan foydalaniş imkoniyatiga ega emas.
Aziz yurtdoşim. Sizni turli raqamlar bilan bezdirib qöymadimmi? Men bu raqamlarni keltiriş bilan “boşqalarning baxtsizligi bizning baxtimiz” demoqçimasman. Faqat “Birni körib fikr qil...” maqoli bejizga emasligini ta'kidlamoqçiman.