Xitoy hukumati Janubiy Xitoy dengizi hududida joylaşgan Spratli arxipelagiga (Çyongşa) 2ta mayoq örnatiş işlari yakunlangani haqida ma'lum qildi.
Xitoydagi rasmiy OAVlardan biri ma'lumotiga köra, bu mayoqlar orollar akvatoriyasida kemalarning halokatga uçraşi ehtimollarini kamaytiradi. Kelgusida bu hududda Xitoy tomonidan yana yangi mayoqlar örnatilişi mumkin.
Qayd etiş kerakki, Spratli arxipelagiga biratöla 6ta davlat: Xitoy, Vetnam, Tayvan, Malayziya, Filippin va Bruney da'vogarlik qiladi.
Şu yilning yozida Xitoy bu arxipelagdagi orollardan birida uçiş-qöniş yölagiga ega aerodrom qurgani haqida ma'lumotlar paydo bölgandi.
AQŞ tomoni Xitoyning Janubiy Xitoy dengizida qurilişlarni amalga oşirişini uning bu hududda öz ta'sir doirasini kengaytirişga urinişi sifatida baholagan.
Aprel oyida AQŞ Davlat departamenti vakili Jyeff Ratke Xitoy tomonidan Janubiy-şarqiy Osiyo mamlakatlari tinçligiga tahdid solinayotgani haqida aytib ötgandi. U Xitoy tomonidan Janubiy Xitoy dengizida sun'iy orollar paydo bölayotganidan xavotirlarini bildirib ötgan.







