FIFA prezidenti Yozef Blatterning sobiq rafiqasi Gratsiyella Blatter-Byanka sobiq turmuş örtoği tuşib qolgan vaziyatga öz fikrini bildirdi.

“Hozir hamma uni ayblaşga tuşib ketdi, biroq heç kim u futbol, ayniqsa ayollarning, jumladan amaldorlik borasidagi holatini yaxşilaş uçun qanday köp narsa qilganini inobatga olişni xohlamayapti”, deb aytdi Gratsiyella Blatter-Byanka Tages-Anzeiger naşriga bergan intervyusida.

Eslatib ötamiz, sentabr oxirida Şveytsariya prokuraturasi Blatterga nisbatan jinoiy iş qözğatdi. Blatter mas'uliyatsizlik va tamagirlikda gumon qilinmoqda. 8 oktabrda FIFAning axloq böyiça qömitasi Blatterni 90 kunga öz lavozimidan çetlatdi.