Noyabr oyi boşida Özbekistonda Xalqaro investitsiya forumi boşlanadi. Unda köplab xorijiy hamkorlar va işbilarmon doira vakillari iştirok etiş istagini bildirgan.
Bu haqda Bombardier Kanada kompaniyasining Rossiya va MDH davlatlarida biznes va savdoni rivojlantiriş böyiça direktori Mark Gilbert “Jahon” axborot agentligiga intervyu berib ötgan.
- Bizning kompaniya jahondagi uçinçi eng yirik tijoriy va şaxsiy avialaynerlar işlab çiqaruvçi hisoblanadi. Şuningdek, poyezdlar, vagonlar va ularni yiğiş böyiça yirik işlab çiqaruvçi hamdir, — dedi u. — Boşqa davlatlar qatori, Yevropa, Osiyo va MDH davlatlarida bizda işlab çiqarilgan 120 dona samolyotdan foydalanişmoqda.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, Bombardier Transportation kompaniyasi MDH hududida ilk bor zamonaviy signal tizimini joriy etdi. Özbekistonda 17 stansiyadan iborat signal tizimi Toşguzar-Qumqörğon oraliğidagi 200 km. li masofada örnatilgan.






