Özbekistonda dabdabali töylar va oilaviy tadbirlarni qisqartiriş kampaniyasi davom etmoqda. Bu safar “Milliy tiklaniş” partiyasi Samarqand viloyati kengaşi deputati Mohira Ötayeva bu boradagi fikrlarini aytib çiqdi.
U “Samarkandskiy vestnik” gazetasida çiqqan maqolasida töy tantanalariga katta xarajat qilinişi obro‘-e'tiborning körsatkiçi bölib qolayotganini ta'kidlab ötdi. Ya'ni bayram tadbirlari yoşlarning baxti va orzu-havaslari uçun emas, taniş-bilişlarga boylikni köz-köz qiliş uçun ötkazilayotgandek.
Bundan taşqari, deputat töylarni dabdabali ötkaziş heç qanday diniy me'yorlarda közda tutilmaganini alohida qayd qilib ötdi.






