Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining xalqaro kuzatuvçilari Belarusda bölib ötgan prezidentlik saylovlarini nodemokratik deb topişdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Belarus demokratik özgarişlar sari uzun yöl bosişi lozimligi tamomila aniqdir. Yaqinda siyosiy tutqunlarning ozod qilinişi va saylovlarga xalqaro kuzatuvçilarning jalb qilinişi ijobiy siljişlardir.
Şunga qaramay, sezilarli progressni qayd qilmadik”, - dedi delegatsiya rahbari Kent Xatsted.
Eslatib ötamiz, saylovlarda amaldagi prezidenti Aleksandr Lukaşenko 83.49 foiz ovoz töplagan.






