IŞID jangarilari qimmatbaho yöltanlamaslarda yurgani qayd qilingan videolavhalar Ğarbning uşbu guruhning moliyalaştirilişini töxtatişga bölgan harakatlari omadli keçmayotganligidan dalolat beradi. Bu haqda The New York Times kolumnisti yozmoqda.

IŞID uçun moliyaviy masala eng nozik hisoblanadi. Ayni paytda AQŞ moliya vazirligi terrorçilar foydalanayotgan savdo yönalişlarini aniqlaş va yöq qiliş bilan şuğullanmoqda. Ötgan hafta departament terrorçilarning savdo operatsiyalariga monelik qiladigan axborot uçun 5 mln dollar mukofot va'da qildi.

Bir yil muqaddam MRB direktori Devid Koen IŞIDda rejalarini amalga oşiradigan pullar yöqligini aytgan edi. Ammo ayni paytda jangarilar öz faoliyatiga millionlab dollar sarflamoqda. Yetakçilar jangarilarga har oy 500 dollardan maoş tölaydi, qurollarga katta pul ajratad.i
Iroq va Suriyadan qazib olinayotgan neftdan terrorçi taşkilot körayotgan bir oylik daromad 40 mln dollarni taşkil qiladi.