Qatar poytaxti Doha şahrida boks böyiça jahon çempionatida yarim final bosqiçida özbekistonlik yana bir boksçi mağlubiyatga uçradi.

Elşod Rasulov irlandiyalik Jozef Uordga qarşi ringga çiqdi. Jang tengma-teng kuraşlar ostida ötdi. Irlandiyalik boksçi ikkinçi raqam ostida harakat qilib, asosan qarşi hujumlarga tayandi.

Dastlabki ikki raundda hakamlarning barçasi ustunlikni Uordga berişdi. Sönggi raundda esa Rasulov öz ustunligini namoyiş qildi. Yakuniy natija — 28:29, 28:29, 28:29.

Elşod JÇning bronza medaliga ega böldi. Endi u olimpiada yöllanmasi uçun yana bir jang ötkazadi.