Amerikalik biznesmen, AQŞ prezidentligiga nomzodlar orasida yetakçi örinlarda ketayotgan Donald Tramp Rossiyaning Suriyadagi harbiy kampaniyasini qöllab-quvvatladi. Bu xatti-harakatlari bilan u Vladimir Putin uçun AQŞ prezidentligiga eng yaxşi nomzod bölişi mumkin, deb hisoblaydi Week naşri.
Putin Yaqin Şarqdagi harbiy töntarişlar va turfa inqiloblarga keskin qarşi çiqqan bir paytda, Ğarb davlatlari ularni qöllab-quvvatlaydi. Jumladan, AQŞ prezidenti Barak Obama Suriyada prezident Başar Asad hokimiyatdan ketişi lozimligini ta'kidlamoqda.
Ammo Donald Trampning yaqindagi çiqişlari bu borada uning pozitsiyasi Putinnikiga yaqinroq ekanligini körsatib berdi. Uning fikriça, AQŞ boşçiligidagi ittifoqçilar mintaqaga tartibsizliknigina olib kelişdi.
Şuningdek, Tramp suriyalik qoçqinlarning katta qismi IŞID jangarilari ekanligini va ular Yevropada harbiy töntariş uyuştirişi mumkinligini taxmin qilgan edi.
Week: Trampning ğoyalari Putinga yana bir sovğadir
22:53 / 13.10.20157 4521 min






