Qatar poytaxti Doha şahrida davom etayotgan jahon çempionatida 12 oktabr kuni yana beş vazn toifasida janglar ötkazilib, hal qiluvçi final bosqiçiga çiqqan sportçilar nomi ma'lum böldi.
12 oktabr kuni ötkazilgan yarim final janglarining yakuniga köra özbekistonlik uç nafar boksçi Elnur Abduraimov (60 kg), Elşod Rasulov (81 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) jahon çempionatining bronza medallariga sazovor bölgandi.
Şu örinda ta'kidlaş joizki, uşbu jahon çempionatiga qadar Özbekiston terma jamoasi mustaqil jamoa sifatida 11 bor jahon çempionatida iştirok etgan va bir musobaqada uçta bronza medaliga sazovor bölmagan. 2003 yili Tailandda, 2005 yili Xitoyda, 2009 yili Italiyada, 2011 yili Ozarbayjonda bölib ötgan jahon çempionatlarida hamyurtlarimiz ikkitadan bronza medali bilan taqdirlanişgan.
Qatarda ötayotgan jahon çempionatida yana uç nafar çarm qölqop ustalarimiz hal qiluvçi final bosqiçda oltin medallar uçun ringga çiqadilar. Bunday holat 1999 yili Xyuston (AQŞ)da ötkazilgan jahon çempionatida kuzatilgan. Öşanda Muhammadqodir Abdullayev (-63,5 kg) va Ötkirbek Xaydarov (-75 kg) oltin, Tölqinboy Turğunov (-57 kg) esa kumuş medalga sazovor bölişgan edi.
14 oktabr kuni ringga çiqadigan Özbekiston vakillari bu borada ham avvalgi körsatkiçlarni yanada yaxşilaşga astoydil xarakat qilişlari kutilmoqda.
Demak, bugun -49 kg, -56 kg, -64 kg, -75 kg, va -91 kg vazn toifalarida dastlabki final janglari ötkaziladi. Şu kuni Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg) irlandiyalik Maykl Konlonga, Fazliddin Ğoipnazarov (-64 kg) rossiyalik Vitaliy Dunaytsevga, Bektemir Meliqöziyev (-75 kg) esa Kuba vakili Arlen Lopesga qarşi bahs yuritadi. Qolgan vazn toifalaridagi final janglari 15 oktabr kuni ötkaziladi.






