17 oktabr kungi Özbekiston kubogi finalini FIFA hakami Ravşan Ermatov boşqarib boradi.

Bu mavsumgi Özbekiston Kubogi finalida Jizzax şahridagi öyingohda, soat 17:00da boşlanadi va unda Toşkentning "Bunyodkor" va Qarşining "Nasaf" jamoalari uçraşişadi.

Şu tariqa, Ermatov mamlakat kubogi finalida beşinçi marta işlaydi va bu borada mutloq rekordçiga aylanib oladi. Gali Imomov va Noil Lutfullin 4 martadan final öyinida işlaşgan.

Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2ta öyin bor. Özbekiston kubogi finalida bir marta xorijlik hakam işlagan. 2014 yilgi hal qiluvçi bahsni janubiy koreyalik Kim Dong Jin boşçiligidagi referilar boşqarişgan.

Özbekiston kubogi final öyinida işlagan hakamlar röyxati:

Ravşan Ermatov (2010, 2011, 2012, 2013, 2015)

Gali Imomov (1992, 1995, 1998, 2000)

Noil Lutfullin (1993, 2003, 2006, 2007)

Rustam Saidov (2001, 2002)

Marat Ismoilov (2008, 2009)

Doniyor Osimov (1994)

Raşid Aytekov (1996)

Sardor Najafaliyev (1997)

Dmitriy Roman (2004)

Ğayrat Karimov (2005)

Kim Dong Jin (Janubiy Koreya) (2014)