Suriyada jangarilarga qarşi olib borilgan janglarda iştirok etayotgan eronliklar armiyasining 2 nafar generali halok böldi. Bu haqda "Tasnim" axborot agentligi xabar bergan.
Ma'lum qilinişiça, duşanba kungi janglardayoq general-mayor Farşad Hasanzoda va brigada generali Hamid Muxtorband halok böldi.
Ularning ikkisi ham Islom inqilobi muhofazasi Korpusi a'zolari bölişgan. Ular aynan qaysi hududda halok bölişganiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib ötamiz, 14 oktabr kuni Suriya armiyasi Halabda Erondan yetib kelgan 1000 kişilik qöşin hamda "Hizbulloh" guruhi bilan hamkorlikda keng kölamli harbiy harakatlarni boşladi.
Bundan oldinroq, 8 oktabr kuni Halab yaqinida eronlik general Husayn Hamadoniy jangarilarga qarşi amaliyotlar vaqtida halok bölgani ma'lum qilingandi.
Ayni vaqtda Suriya armiyasi Halabning ğarbiy qismida nazoratni qölga olgan. Şaharning yana bir qismi jangarilar qölida qolmoqda.






