Fransiyada bölib ötadigan YeVRO-2016 bahslarining guruh öyinlari uçun çiptalar narxlari ma'lum böldi.

Xabar qilinişiça, guruh bahslari uçun çiptalar narxi 235 yevrodan 11 750 yevrogaça böladi. Final bahsining eng arzon çiptasi esa 1310 yevro turadi. Eng qimmat çiptani esa 20 589 yevroga xarid qiliş mumkin.

Yevropa çempionati 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuligaça bölib ötadi.

Şu yilning 12 dekabr kunida Parijda Yevro-2016 turnirining guruhlari tuzib çiqilişi uçun qur'a taşlanadi.