Intel mikroprotsessorlar işlab çiqaruvçisi uçinçi çorak yakunlariga bağişlangan hisobotini e'lon qildi. Unga köra, Amerika korporatsiyasining daromadi va tuşumi 6,3 foizga kamaygan.
Biroq çipmeykerning moliyaviy körsatkiçlari server çiplari sotuvi şarofati bilan Uol-strit başoratlaridan köproq natijani qayd etdi.
2015 yil 30 sentabrida yakuniga yetgan uçinçi çorak natijalariga köra, Intel`ning sof daromadi bir yil avvalgi 3,32 mlrd dollarga qaraganda 6,3 foizga kamayib, 3,11 mlrd dollarni taşkil etdi. Ayni paytda tuşum 14,55 mlrddan 14,47 mlrd dollargaça pastladi.
Intel daromadlarining pastlayotgani dunyo miqyosida şaxsiy kompyuterlarga bölgan talabning kamayib borayotgani bilan boğliq. Xususan, 2015 yilning iyul-sentabr oylarida desktop va noutbuklar uçun çiplar işlab çiqaradigan Intel Client Computing Group bölinmasi tuşumi 8,5 mlrd dollarni taşkil etib, bir yil avvalgiga qaraganda 13 foizga kamaygan.
Kompaniya kompyuterlar uçun protsessorlar yetkazib berişni 15 foizga kamaytirgan.
Öz navbatida, Intel`ning server çiplari savdosi ösib bormoqda. Uçinçi çorakda kompaniyaning Intel Data Center Group çoraklik daromadi 8, yillik daromadi 12 foizga ösdi va 4,1 mlrd dollarni taşkil etdi. IDC tahlilçilari ma'lumotiga köra, Intel jahon server mikroçiplari bozorining 99,3 foiziga egalik qilmoqda.






