IŞID terrorçilik guruhining boşliqlaridan biri Iroq hududida yöq qilindi. Dala qömondonining yöq qilingani haqidagi xabar Iroq terrorçilikka qarşi kuraş markazida ma'lum qilindi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.

Abu Salmon al-Askariy ismli uşbu terrorçi Bayji şahri uçun jangda yöq qilindi. Iroq armiyasi bu şahar uçun janglarni 14 oktabrda boşladi. Bu strategik jihatdan muhim bölgan şahar yaqinida Iroqdagi eng yirik neft qayta işlovçi zavod joylaşgan. Şahar Iroqning kattaligi jihatidan ikkinçi şahri hisoblangan Mosuldan 150 km uzoqlikda joylaşgan bölib, 2014 yil iyunida terrorçilar tomonidan bosib olingan edi.