Suriya va Iroqning IŞID nazorati ostidagi hududlarida joylaşgan 9ta neft konidan ekstremistik taşkilot kuniga 1.5 mln dollar daromad olmoqda. Bu haqda “Vedomosti” naşri xabar bermoqda.

“IŞIDning qora bayroği neftga böktirilgan, desa böladi, - deb yozadi naşr. – qora oltin terrorçilarga öz faoliyatlarini moliyalaştiriş hamda qöşnilari oldida iqtisodiy va harbiy ustunlikka erişiş imkoniyatini bermoqda”.
Naşrga intervyu bergan halablik isyonçilardan biri, uning birodarlari jabhada IŞID bilan jang qilayotganiga qaramay, yoqilğini aynan öz duşmanlaridan sotib olişga majbur ekanligini ta'kidlamoqda.

“Bu ham kulgili, ham açinarli, - deydi u. – Lekin bizda tanlov yöq, biz kambağal inqilobçilarmiz. Bizga yana kim yoqilği taklif qilişi mumkin?”.
IŞID avval boşidan öz neft strategiyasini juda puxta öylagan. 2013 yilda Suriyaga kirib kelişi bilan taşkilot rahbarlari neftning taşkilot asosiga aylanişini tuşunib yetişgan.

IŞID Suriyaning neftga boy şarqiy viloyatlarini nazorat ostida tutib turibdi. Bu yerda u strategik ahamiyatga ega, lekin nefti yöq şimoli-şarqdan ketganidan söng örnaşib olgan. 2014 yili Iroqda Mösul şahridagi baza qulaganidan söng u şarqiy Suriyani tölaligiça yerlaşdi. Şuningdek, terrorçilar Iroqning şimoli-şarqidagi Kirkuk viloyatida joylaşgan Ajil va Alas konlarini egallaşdi. Ta'kidlanişiça, bu ğalabalar qölga kiritilişidan ilgariroq guruh rahbariyati neft mutaxassislarini töplaşga ulgurgan. Konlar qölga kiritilişi bilan u yerda iş boşlab yuborilgan.
Kirkukda ham, Suriyaning Turkiyaga yondoş şarqiy viloyatlarida ham kurdlar bilan bir qatorda turkmanlar yaşaydi. Bu uç guruh neft zaxiralari uçun kuraşni davom ettirmoqda, bunda Turkiya turli yöllar bilan turkmanlarni qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda.

Ekspertlarning ta'kidlaşiça, IŞID öziga milliy neft korporatsiyalari singari imij yaratişga tirişmoqda. Ta'kidlanişiça, guruh malakali muhandislar va boşqa mutaxassislarni qidirmoqda, ularga raqobatbardoş maoşlar taklif qilib, kadrlar bölimiga murojaat qilişga undamoqda.

IŞID mutaxassislari qömitalari konlarni tekşiradi, neft olinişini nazorat qiladi va işçilar bilan işlaydi. Guruhning ilgari Saudiya Arabistoni va boşqa davlatlarning neft kompaniyalarida işlagan a'zolariga amirlik rutbasi beriladi. Ular eng muhim obektlarni boşqaradi.

IŞID, şuningdek, texnik mutaxassislarni öz işiga jalb qilib kelmoqda. Ulardan birining aytişiça, IŞID amiri WhatsApp orqali unga xabar yöllab, qanday lavozim egallaşni va qança maoş olişni öz belgilaşi mumkinligini ta'kidlagan. Ammo mutaxassis taklifni rad qilib, Turkiyaga qoçgan.