Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasining (KIP) 10 nafar jangarisi mamlakatning janubi-şarqidagi Xakkari viloyatida turk harbiylari tomonidan yöq qilindi, deyilmoqda Turkiya boş ştabi bergan xabarda.
“Xakkari viloyatidagi Yuksakova tumanida aksilterrorçilik operatsiyasi davom etmoqda. Operatsiya davomida otişma yuz berdi, buning oqibatida KIPning uç nafar a'zosi öldirildi. Bizning 3 nafar harbiyimiz yengil jarohatlar oldi. Yana 7 nafar terrorçi Turkiya Harbiy-havo kuçlari samolyotlarining aviazarbalari oqibatida yöq qilindi”, deyilmoqda xabarda.
Turkiyada 20 iyulda IŞIDning Suriya bilan çegaradasida terakt amalga oşirilgani va mamlakatning janubi-şarqiy viloyatlarida politsiyaçilar öldirilganidan keyin vaziyat keskinlaşib ketdi. Bu teraktlar uçun javobgarlikni KIP öz zimmasiga olgan. Oxirgi 2,5 oy içida 140 politsiyaçi, harbiy hamda fuqarolar kurd jangarilari qurbonlari böldilar. Turkiya HHK samolyotlari 24 iyuldan beri mamlakat janubi-şarqiy viloyatlari va Iroq şimolidagi KIP pozitsiyalariga zarba berib kelmoqda.






